ToshkentGPT nima?

ToshkentGPT — oʻzbek tilida gaplashadigan sunʼiy intellekt (AI) yordamchisi. U boshqa chatbotlardan farqli oʻlaroq quruq, kitobiy tilda emas, balki tirik, samimiy va hazilkash toshkentcha uslubda javob beradi. Savolingizga javob topish, matn yozish, rasm va video yaratish, prezentatsiya tayyorlash — bularning hammasi bitta joyda.

ToshkentGPT brauzerda ham, telefonda ilova sifatida ham ishlaydi va foydalanish uchun Google hisobingiz bilan kirish kifoya.

ToshkentGPT bilan suhbatni boshlash

ToshkentGPT nimalar qila oladi?

Oʻzbek tilida suhbat

ToshkentGPT o'zbek tilini tushunadi va rasmiy emas, tirik, ko'cha uslubida javob beradi. Rus va ingliz tillarida ham gaplasha oladi.

Rasm yaratish

Tavsifni yozasiz — ToshkentGPT undan rasm chizib beradi. Masalan: «quyosh botayotgan Toshkent koʻchasi».

Video yaratish

Yuklagan rasmingizni jonlantirib, qisqa video qilib beradi.

Prezentatsiya tayyorlash

Mavzuni aytasiz — tayyor PowerPoint fayli qilib beradi.

Hujjat, rasm, video va audio

PDF, Word, Excel, rasm, video va audio fayllarni (500 MB gacha) yuklab, ular haqida savol berishingiz mumkin — video va audioni ham koʻradi, eshitadi.

Podkast → klip

Uzun podkastdan eng kuchli momentlarni topib, 2 daqiqagacha kesadi, soʻzma-soʻz subtitr va hook sarlavha qoʻyib, Reels/Shorts uchun tayyor qilib beradi.

Ovozli muloqot

Yozish oʻrniga gapirishingiz, javobni esa ovozda eshitishingiz mumkin.

Koʻp beriladigan savollar

ToshkentGPT bepulmi?

Ha, asosiy imkoniyatlari bepul. Kuchliroq modellar va rasm/video yaratish kabi qoʻshimcha funksiyalar uchun Pro, Max va Pro Max tariflari mavjud.

ToshkentGPTdan qanday foydalanaman?

Saytga kiring va Google hisobingiz bilan roʻyxatdan oʻting — shundan soʻng darhol yozishni boshlashingiz mumkin. Telefonga ilova sifatida ham oʻrnatiladi.

ToshkentGPT kim tomonidan yaratilgan?

ToshkentGPT — Oʻzbekistonda, oʻzbek tilida soʻzlashuvchi foydalanuvchilar uchun yaratilgan AI yordamchi. Muallif: Farhod Gʻofurov.

Telegram orqali ishlatsa boʻladimi?

Ha, ToshkentGPT Telegram boti orqali ham ishlaydi — hisobingizni bogʻlab, xuddi saytdagidek suhbatlashishingiz mumkin.